Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan "Faol tadbirkor" koʻkrak nishoni va "Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
2013 – Tashkent Park Turon mehmonxonasida resepshnist mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan.
2013-2014 yy -Toshkent shahrida Turizm sohasida “Premier International” tashkilotida Tur gid va Tur operator sifatida faoliyat yuritgan.
2014-2015 yy -BAA, Dubay shahrida servis va savdo-sotiq sohalarida faoliyat yuritgan.
2015-2016 yy.- ”Top Team” yosh liderlar jamoasi asoschisi va yetakchisi boʻlgan. Jamoadan bir nechta vazir oʻrinbosari darajasidagi shaxslar va yetuk tadbirkorlar chiqishgan.
2016 - “Street Workout Uzbekistan” sport loyihasi xam-asoschisi va rahbari boʻlgan. Natijada sport federatsiyasi tashkil etildi hamda hukumat yordamida Respublika boʻylab ommalashtirishga erishildi.
2017 - “Ultra Bag Star” bannerlardan sumka ishlab chiqarish boʻyicha nogironlarni ish bilan taʼminlovchi loyihaning xam-asoschisi va rahbari boʻlgan.
2017 - “Mening Yurtim 5” (MY5) telekanalida teleboshlovchi va rejissyor sifatida faoliyat yuritgan.
2017 - “Alltour.uz” onlayn platformasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
2017-2018 yy.- OOO«Turin invest enginering» tashkilotida rivojlantirish direktori lavozimida ishlagan.
2018 - MDH mamlakatlariga (Rossiya, Qozogʻiston) 12 turdan ortiq mevalar eksport qilish boʻyicha faoliyat yuritgan.
2018 - Moskva shahrida «Smart Road Solutions» startap loyihasi asoschisi va rahbari boʻlgan.
2018 - 2019 yy.- “Teleport creative agency” agentligi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
2019 - 2020 yy.- «Antistartup» biznes-kitobi tarjimonlar shtabi asoschisi va rahbari boʻlgan.
2019 - 2020 yy.-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi aʼzosi boʻlgan.
2019- h.v.- Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan, "Ambassador", "Biznes trenerlar", "Yosh tadbirkorlar platformasi", “Oʻquv markazlar marafoni”, “ABC Weekend”, “Xalqaro Debat chempionati”, “Hackathon-StudentHack”, “Startap va Investor”, “Yosh qahramon tadbirkor”, “Go Global Uzbekistan”, “Selfmade”, “Bussiness book club”, “Startap tashabbuslari”, “Limonlar uchun millionlar”, “Startup school in Uzbek” va 15+ loyihalar asoschisi, rahbari va ham-tashkilotchisi hisoblanadi.
2020-h.v—Global tadbirkorlik haftaligini (GEW Gen Week) Oʻzbekistonda tashkil etilishiga koʻmaklashib kelmoqda.
2020 - Kun.uz bilan birga tashkil etilgan, yurtimizning va dunyoning eng sara 1% tadbirkorlaridan eksklyuziv intervyular olishga qaratilgan 1% media loyihasi xam-asoschisi hisoblanadi.
2021- 2023 yy ‑ “Unicorns venture fund & capital” investitsion fond direktori. Pokiston, Hindiston, Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston va Belarussiyadagi investitsiya kiritilgan loyihalar portfeli 14 tadan iborat.
2021- h.v.- Oʻzbekiston «Street Workout» sport federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
2021 - Markaziy Osiyo tadbirkorlar biznes forumini tashkil etgan.
2021- h.v.- Yoshlarni tadbirkorlikka oid bilim va koʻnikmalarini shakllantiradigan, jahon standartlariga javob beradigan “Tadbirkor” nomli kitobining yaratish va 10 minglab nusxalarda chop etilishi boʻyicha jamoaning yetakchilaridan biri.
2021- h.v.-“Imkoniyat” (85 ta oʻquv markazi ochish, moliyalashtirish va rivojlantirish) loyihasi rahbarlaridan biri.
2022- h.v -“Yosh Tadbirkor University” brendi ostida tashkil etilgan, yuridik nomi “Toshkent xalqaro tadbirkorlik va menejment universiteti” direktori.
2022 - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirish kursini tamomlagan.
2023 - Xalqaro suv xoʻjaligi institutining (IWMI) xalqaro yosh liderlar jamoasi aʼzosi. Keyptaunda (Janubiy Afrika) boʻlib oʻtgan BMTning "Suv xavfsizligi uchun transformativ kelajak" global forumida suv xavfsizligini taʼminlash boʻyicha strategiya tuzilishida yordam berish uchun Markaziy Osiyo yoshlari nomidan ishtirok etgan.
2023 - “Ustoz Edu” NTM (Ustoz.org) hamasoschisi va direktori. Loyiha maqsadi millionlab yoshlarni bepul kasbga oʻrgatish.
2023- h.v - “Markaziy Osiyo Sunʼiy Intellekt Assotsiatsiyasi” (aica.uz) raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga saylandi. Assotsiatsiya sunʼiy intellekt sohasidagi koʻplab katta hamjamiyatlar va kompaniyalar tashabbusi bilan tashkil etildi.